Yovvoyilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yovvoyilik — insoniyat tarixi 3 davrining (Yo., vahshiylik, sivilizatsiya) birinchi bosqichi. Bu tushunchani fanga amerika tarixchisi va etnografi L. G. Morgan (1818—81) kiritgan. U odamning paydo boʻlishidan boshlab kulolchilikning kelib chiqishi bilan tugaydigan bosqichni Yo. davri deb hisoblagan. Yo. davri odamning shakllanish va ilk urugʻchilik tuzumi vaqti (arxeologik davrlashtirishga koʻra paleolit va mezolit davrlari)ga toʻgʻri keladi. Yo. Kuchma maʼnoda — oʻta madaniyatsizlikni bildiradi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil