Yotugʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yotugʻon — qonunsimon koʻp torli soz. Oʻtmishda Oʻrta Sharqda, shu jumladan turkiy xalklarda mashhur boʻlgan. Yogʻochdan oʻyib (uz. 100—150 sm), toʻnkarilgan choʻziq togʻora shaklida yasalgan. Har bir tori ostida (sozlash uchun) harakatchan haragi boʻlgan. Sozanda Yo.ni oldiga yotiq holda qoʻyib ("yotiq arfa" nomi shundan), oʻng qoʻli bilan torlarni chertgan, chap qoʻli bilan torlar tebranishini toʻxtatgan. Abduqodir Marogʻiyning "Maqosid ul alhon" ("Kuylarning maqsadlari") kitobida 17 torli Yo. taʼriflangan. Gʻarbiy Sibirning baʼzi xalqlari (haqas, tuva, tofa)da Yo.ga oʻxshash chatkan, chattigan, chadagan nomli cholgʻu asboblar mavjud. 1960y.larda Qozogʻistonda 7 torli "jetigen" nomli soz yaratilgan (18-asr etnografik maʼloʻmotlari asosida) va milliy cholgʻular orkestriga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil