Yoshlar ijod saroyi
Yoshlar ijod saroyi — Toshkent shahar markazi, Istiqlol koʻchasida joylashgan yoshlar oʻz sanʼatlarini namoyon etadigan maskan. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2008-yilning avgust oyida ish faoliyatini boshladi. Bino oʻzining zamonaviyligi bilan ajralib turadi va ichki koʻrgazma jihozlarining barchasi talab va estetikaga javob bera oladi. Saroyni ochishdan asosiy maqsad sanʼat sohalarining barcha sohalarida isteʼdodli yoshlarni xalqqa tanitish, qobiliyatlarini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni yaratib berish, ragʻbatlantirishdir va yosh isteʼdodlarni ijodiy izlanishlarini faollashtirish, bir soʻz bilan aytganda yoshlarimiz kelajagini biznikidan-da buyuk qilish.
Binoning ichki tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar saroyi 2 qavatdan iborat. Ikkala qavatda ham koʻrgazma zallari mavjud, ammo 714 oʻrinli tomosha zali birinchi qavatda joylashgan. Yertoʻlasida kichik xonalar, asosan, aktyorlarning pardozxonalari, rassom ustaxonalari fotolaboratoriya, rejissyor, ovoz yozish studiyalari oʻrin olgan. Bulardan tashqari, haykaltaroshlar, kulollar, badiiy ijodning boshqa sohalarida faoliyat yurituvchilar uchun ham alohida xonalar mavjud. Albatta bu ularga oʻz isteʼdodlarini yanada kashf etib, oʻz ustilarida kengroq ishlashlariga yordam beradi.Yozuvchi va shoirlarimiz uchun ham alohida imkoniyatlarimiz mavjud, yaʼni ular asarlari taqdimotlari muxlislari eʼtiboriga havola eta olishadi. Bastakorlar, dirijyorlar, xormeysterlar uchun ham maxsus xonalar mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Maqola nomi". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. sahifa.