Yoshkar-ola

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoshkar-ola (1919 y.gacha Saryo vo -kokshaysk, 1919—27y.larda Kras -nokokshaysk) —RFdagi shahar, Mariy El Respublikasi poytaxti. Volga daryosidan 50 km shim.da. Qozon— Moskva liniyasidagi temir yoʻl stansiyasi. Shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 276,5 ming kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. "Elektroavtomatika", yarimoʻtkazgich asboblar, "Kontakt", savdo mashinasozligi, oʻrmon xoʻjaligi mashinasozligi, asbobsozlik, sovitkich jihozlari zavodlari bor. Vitamin, sut, konserva, sunʼiy charm zavodlari, goʻsht-sut k-tlari, konditer, trikotaj, tikuvchilik, poaybzal f-kalari bor. Mebel va kurilish materiallari ishlab chikariladi. 3 oliy oʻquv yurti, jumladan, unt, 9 ta oʻrta maxsus oʻquv yurti, 3 muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), Mari musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, telemarkaz mavjud. Y. O. ga 1584 y. asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil