Yosh kuch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"YOSH KUCH" — oʻsmirlarning ijtimoiy, adabiybadiiy jurnali. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati. Toshkent sh.da oyda 1 marta chikadi. Dastlab Samarkand sh.da bolalarga moʻljallangan birinchi ijtimoiysiyosiy va adabiybadiiy jurnal sifatida tashkil etilgan (1929), soʻng jurnal tahririyati Toshkent sh.ga koʻchirilgan (1934). Turkistonda yosh avlodni zamon talabiga moye etib tarbiyalash maqsadida maxsus bolalar nashrlari tashkil etishga boʻlgan saʼyharakatlar 20-asrning 10y.larida boshlangan. "YO. k."ning tashkil etilishi ana shu saʼyharakatlarning hosilasi edi. "YO. k." ayniqsa bolalar va yoshlar nashrlarining tilini shakllantirishga muhim hissa qoʻshgan. Jur.ning 1940—41y.lardagi sonlarida koʻpgina adabiy asarlar, adabiytanqidiy maqolalar yoritilgan. Xususan, Navoiyning 500 yillik yubileyi munosabati bilan bir qator maqolalar, shoir adabiy merosidan namunalar berilgan. Nizomiy, Fuzuliy kabi ulkan adiblarning asarlari, sharqshunos olim Ye. E. Bertelsning bir necha ilmiy maqolalari, Toʻxtasin Jalolovning "Hamsa talqinlari" turkum maqolalari ilk bor "YO. k." sahifalarida yoritilgan. 1941 yilda urush boshlanganligi munosabati bilan koʻpgina nashrlar qatori "YO. k." faoliyati ham toʻxtatilgan. 1986 y. iyul oyida "YO. k." yana qayta tiklandi. Muharriri — Erkin Abdurahmonov (1996 yildan). Jur.da turli davrlarda Qosim Boboyev (193435), Akmal Poʻlat (193536), Jalil Qodiriy (1939—41), Xudoyberdi Toʻxtaboyev (1986—93), Xurshid Doʻstmuhammad (1993—96) va b. muharrirlik qilishgan. Adadi 25000 (2002). Abduvohid Hayitov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil