Kontent qismiga oʻtish

Yorugʻlikning yutilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yorug‘likning yutilishidan yoʻnaltirildi)

Yorugʻlikning yutilishi – moddadan yorugʻlik oʻtayotganda toʻlqinning elektromagnitik maydoni taʼsirida muhitning elektronlari tebranadi va bu toʻlqin energiyasining bir qismi elektronlarni tebrantirishga sarf boʻladi. Elektronlarga berilgan bu energiyaning bir qismi elektronlar tarqatadigan ikkilamchi toʻlqinlar koʻrinishida yana yorugʻlikka qaytarib beriladi, uning bir qismi esa energiyaning boshqa turlariga ham oʻtishi mumkin. Yorugʻlikning yutilishi – muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik intensivligining yorugʻlikning muhitdagi zarralar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida kamayishi. Bunda odatda, muhit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari gʻalayonlanishi mumkin. Yorugʻlik biror moddadan oʻtganda unda bir qismi yutiladi. Yutilish selektivlik xarakteriga ega, yaʼni turli toʻlqin uzunliklariga tegishli yorugʻlik turlicha yutiladi. Boʻyalmagan shaffof jismlarda koʻzga koʻrinadigan nurlar intervaliga tegishli yorugʻlik toʻlqinlari juda kam yutiladi. Masalan, qalinligi 1 sm boʻlgan shisha qatlami undan oʻtayotgan koʻzga koʻrinadigan nurlarning faqat 1% ga yaqin qisminigina yutadi. Oʻsha shishaning oʻzi ultrabinafsha va infraqizil nurlarni kuchli yutadi[1].

Yorugʻlikning moddada yutilishi hodisasini yorugʻlikning elektromagnit nazariyasi asosida quyidagicha tushuntirish mumkin. Koʻzga koʻrinadigan yorugʻlik toʻlqinlarining tebranish chastotasi Hz oraligʻida yotadi. Moddada bunday chastota bilan faqat elektronlar tebranma harakat qiladi. Elektromagnit toʻlqin moddadan oʻtganda toʻlqin energiyasining bir qismi elektronlar tebranishini uygʻotishga sarf boʻladi[2].

Bu energiya qisman elektronlarning tebranishi natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi toʻlqin tarzida nurlanishga aylanadi, qisman esa boshqa turdagi energiyaga, masalan, moddaning ichki energiyasining ortishiga sarf boʻladi. Shunday qilib, yorugʻlik moddadan oʻtganda yutiladi, uning intensivligi kamayadi. Tajribalar yorugʻlik moddadan oʻtayotganda uning I intensivligining modda qatlamining qalinligida dI kamayishi shu masofa va intensivlik kattaligiga toʻgʻri proporsional boʻlishini koʻrstadi, yaʼni

bunda -yutilish koeffitsienti deb ataluvchi kattalik boʻlib, uning qiymati moddaning xususiyatiga bogʻliq boʻladi, minus ishora masofa ortishi bilan yorugʻlik intensivligini kamayishini bildiradi[3].

  1. 1.Landsberg G.S Umumiy fizika kursi .Optika. 
  2. 2.https://uz.m.wikipedia.org. 
  3. 2.O’lmasova M.H .Fizika.Optika,Atom va yadro fizikasi.