Yorugʻlikning yutilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yorug`likning yutilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moddadan yorug’lik o’tayotganda to’lqinning elektromagnitik maydoni ta’sirida muhitning elektronlari tebranadi va bu to’lqin energiyasining bir qismi elektronlarni tebrantirishga sarf bo’Ladi.Elektronlarga berilgan bu energiyaning bir qismi elektronlar tarqatadigan ikkilamchi to’lqinlar ko’rinishida yana yorug’likka qaytarib beriladi,uning bir qismi esa energiyaning boshqa turlariga ham o’tishi mumkin.Yorugʻlikning yutilishi – muhitdan oʻtayotgan yorugʻlik intensivligining yorugʻlikning muhitdagi zarralar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida kamayishi. Bunda odatda, muhit isishi, ionlanishi yoki atom va molekulalari gʻalayonlanishi mumkin. Yorug'lik biror moddadan oʻtganda unda bir qismi yutiladi. Yutilish selektivlik xarakteriga ega, ya'ni turli to'lqin uzunliklariga tegishli yorug'lik turlicha yutiladi. Boʻyalmagan shaffof jismlarda koʻzga koʻrinadigan nurlar intervaliga tegishli yorug'lik to'lqinlari juda kam yutiladi. Masalan, qalinligi 1 sm bo'lgan shisha qatlami undan o'tayotgan koʻzga koʻrinadigan nurlarning faqat 1% ga yaqin qisminigina yutadi. Oʻsha shishaning oʻzi ultrabinafsha va infraqizil nurlarni kuchli yutadi.[1]

Yorug'likning moddada yutilishi hodisasini yorug'likning elektromagnit nazariyasi asosida quyidagicha tushuntirish mumkin.Ko’zga ko'rinadigan yorug'lik to'lqinlarining tebranish chastotasi Hz oralig'ida yotadi. Moddada bunday chastota bilan faqat elektronlar tebranma harakat qiladi. Elektromagnit to'lqin moddadan o'tganda to'lqin energiyasining bir qismi elektronlar tebranishini uyg'otishga sarf boʻladi.[2]

Bu energiya qisman elektronlarning tebranishi natijasida yuzaga keladigan ikkilamchi to'lqin tarzida nurlanishga aylanadi, qisman esa boshqa turdagi energiyaga, masalan, moddaning ichki energiyasining ortishiga sarf bo'ladi.Shunday qilib, yorug'lik moddadan o'tganda yutiladi, uning intensivligi kamayadi. Tajribalar yorug'lik moddadan o'tayotganda uning I intensivligining modda qatlamining qalinligida dI kamayishi shu masofa va intensivlik kattaligiga to'g'ri proporsional boʻlishini ko’rstadi,ya’ni

bunda -yutilish koeffitsienti deb ataluvchi kattalik bo’lib, uning qiymati moddaning xususiyatiga bog’liq bo’ladi, minus ishora masofa ortishi bilan yorug’lik intensivligini kamayishini bildiradi.[3]

  1. 1.Landsberg G.S Umumiy fizika kursi .Optika. 
  2. 2.https://uz.m.wikipedia.org. 
  3. 2.O’lmasova M.H .Fizika.Optika,Atom va yadro fizikasi.