Kontent qismiga oʻtish

Yorugʻlik aberratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yorugʻlik aberratsiyasi - astronomik hodisa; yorugʻlik tezligining chekliligi va kuzatuvchining yoritqichga nisbatan Yer bilan birga harakatlanishi tufayli osmon jismlaridan kelayotgan yorugʻlik nuri yoʻnalishining oʻzgarishi. Kuzatuvchidan yoritqichga xayolan oʻtkazilgan urinma va haqiqiy yoʻnalishlar orasidagi burchak aberratsi on burchak a deyiladi. Yoritqichdan kelayotgan nur obyektiv O ga tushib (rayem), s tezlikda okulyar T ga kelgunicha t vaqtda Gʻ masofani oʻtadi. Shu vaqtda Yer oʻz oʻqi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi sababli, kuzatuvchi teleskop bilan birga v tezlikda harakatlanib, D/ masofani oʻtadi. Tasvirni okulyar markazida koʻrish uchun teleskopii harakat yoʻnalishi (apeks) tomonga (a burchakka) burish kerak. Shaklda aberraion burchak o=(206 264,8" ^g )sin6.

YO. a. sutkalik, yillik va asriy xillarga boʻlinadi. Sutkalik Yo. a. Yerning oʻz oʻqi atrofida harakatlanishidan sodir boʻladi. Yillik Yo. a. Yerning Quyosh atrofida harakatlanishi natijasidir. Asriy Yo. a. Kuyosh sistemasining fazoda harakatlani aj shidan kelib chiqadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil