Yorqin hayot mahallasi
Qiyofa
Yorqin hayot Yorqin hayot mahallasi | |
|---|---|
| Mahalla | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Shahar | Toshkent |
| Tuman | Yangihayot |
| Asos solingan | 1993-yil |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 (71) |
| Pochta indeks(lar)i | 700012 |
Yorqin hayot mahallasi – Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi mahalla. Tumanning Chorbogʻ, Charogʻon, Xushnud, Olchazor mahallalari bilan chegaradosh. 1993-yil tashkil topgan. Yorqin hayotga intilib yashash degan maʼnoda „Yorqin hayot“ deb nomlangan. Aholisi 8 000 kishi, oilalar soni 2581 ta. Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari (rus, tatar, tojik, koreyslar) yashaydi (2008). Mahallada 4 koʻcha, bolalar bogʻchasi, maktab, oziq-ovqat doʻkonlari, dorixonalar va boshqalar mavjud[1].
2020-yilgacha Sergeli tumani tarkibida boʻlgan. 2020-yil 9-iyulda qabul qilingan Xalq deputatlari Sergeli tumani kengashining 66/2-10-sonli qarori bilan Yorqin hayot mahallasi Yangihayot tumaniga oʻtkazilgan[2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 206-bet.
- ↑ „“Сергели тумани ҳудудидаги 13 та маҳалла фуқаролар йиғинлари ҳудудларини тўлиқ ҳамда 6 та маҳалла фуқаролар йиғинлари ҳудудининг бир қисмини янги ташкил этилаётган Янги ҳаёт тумани таркибига ўтказиш ҳақида” ги Халқ депутатлари Сергели тумани кенгашининг 66/2-10-сонли Қарори“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2020-yil 9-iyul). Qaraldi: 18-iyun 2025-yil.
- ↑ „Sergeli tumanidagi qator mahallalar Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi“. Kun.uz. Web Expert (2020-yil 23-iyun). Qaraldi: 18-iyun 2025-yil.