Yoriqtishlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoriqtishlilar (Solenodontidae) — tuban hasharotxoʻrlar oilasi. Yuqori va oʻrta oligotsendan maʼlum. Oyoqlari beshbarmokli, old oyoklari bilan tovonda, orqa oyokdari bilan barmoqda yuradi. Qoʻltigʻi va chovlari ostida kuchli hidli suyuklik ajratadigan bezlari boʻladi. Zaharli soʻlak ajratadigan jagʻ osti bezining yoʻli ikkinchi kurak tishi asosiga ochiladi. Bu tishning old yuzasida tarnovchasi (yorigʻi) boʻladi (nomi shundan olingan). Uz 28—32 sm, dumi 17,5—25,5 sm, 1 urugʻ 2 turi: gaiti yoriqtishi (Solenodon paradous) va kuba yoriqtishi (S. cubanus) Gaiti va Kuba o.da tarqalgan. Oʻrmon va butali chakalakzorlarda yashaydi. Har yili 3 tadan bolalaydi. Ikkala tur ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil