Yoriq suvlari
Yoriq suvlari — intruziv, metamorfik, choʻkindi va vulkan togʻ jinslari yoriqlarida toʻplangan erkin (gravitatsion) yer osti suvlari. Asosan qor, yomgʻir, baʼzan, oqar suvlarning yigʻilishidan paydo boʻladi. Yo. s.ning quyidagi turlari farq qilinadi: tektonik yoriqlar bilan bogʻliq yoriqtomirli (koʻpincha bosimli) suvlar, yoriqligrunt (bosimsiz) suvlar, ayniqsa nurash darzliklari bilan bogʻliq; yoriq qatlamli (odatda bosimli) — suv oʻtkazmaydigan jinslar bilan qatqatlashgan kam metamorflashgan suv oʻtkazuvchan jinslarning litogenetik yoriqlarida toʻplanadi; yoriqlikarst suvlari — bosimli va bosimsiz boʻladi. Yo. s. koʻpincha biri ikkinchisi bilan bogʻliq, ularning dinamik sharoiti murakkab, minerallashganligi va kimyoviy tarkibi turlicha. Yo. s.ning haroratlanishi filtratsiyaning choʻzikli qonuni asosida boʻladi. Yo. s ayniqsa qalqonlarda (Ukraina qalqoni), shuningdek, platforma va togʻlik rnlarda tarqalgan. Yo. sdan xoʻjalikni va sanoat korxonalarini texnik suv bilan taʼminlashda foydalaniladi. Minerallashgan Yo. s. tibbiyotda ishlatiladi. Yo. s.ning konchilik inshootlarida koʻpayib ketishi foydali qazilmalarni kavlab olishni ancha qiyinlashtiradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |