Yorib oʻtish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yorib oʻtish (harbiyda) - hujum harakatlari usullaridan biri. Dushmanning jangovar texnikasi va askariy kuchlarini tormor qilgan holda uning avvaldan tayyorlab qoʻyilgan yoki shoshilinch tashkil etilgan mudofaasini bosib oʻtish. Yo. oʻ. orqali maʼlum uchastkadagi dushman mudofaasi artilleriya oʻqi, aviatsiya zarbalari va b. vositasida yemirib tashlanadi va frontning ichkarisi tomon quruqlikdagi qoʻshinlarni shiddatli hujumi uchun qulaylik yaratiladi. Baʼzan dushman mudofaa chizigʻi ochiq qanotlar mavjud boʻlganda hujum operatsiyalari Yo. oʻ. siz hal qilinishi mumkin. Yo. oʻ. hujum operatsiyalarida asosiy va hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Yo. oʻ. usullari yangi qurolyarogʻlarning paydo boʻlishi va armiyalarning qurollanganligiga qarab yangi jangovar imkoniyatlar bilan boyib boradi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil