Yoqilgʻi
Yoqilgʻi — yonganda muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida boʻladi, tabiiy hamda sunʼiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy qattiq Yoqilgʻi — yogʻoch, torf, slanets, toshkoʻmir, antratsit va b., sunʼiy Yoqilgʻi — pista koʻmir, koks, aglomerat va b. Tabiiy suyuq Yoqilgʻi — neft, sunʼiysi — benzin, kerosin, mazut va b., tabiiy gazeimon Yoqilgʻi — tabiiy gaz, sunʼiysi — domna gazi, generator gazi va b. Atom energiyasi va yarimoʻtkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi bilan yangi xil Yoqilgʻi — yadro Yoqilgʻisi paydo boʻldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan eng arzon Yoqilgʻi —neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yoqilgʻi (mas, benzin, kerosin, yadro Yoqilgʻisi, reaktiv Yoqilgʻi va b.) yonilgʻi deb ataladi. Har qanday Yoqilgʻi va yonilgʻi issiqlik ajratuvchanl i k xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, yaʼni isteʼmolchilarga beriladigan holatdagi Yoqilgʻi va yonilgilarning issiqlik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: YO.ning turli xillari haqidagi maʼlumotlar tegishli maqolalarda beriladi (mas, gazlar, koʻmir, ushin, torf va q. k.).[1]
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |