Yopishqoq bakterioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yopishqoq bakterioz - gʻoʻzaning bakterial kasalligi. Koʻsaqlar yetilayotgan davrda hasharotlar (beda qandalasi va b.) jarohatlagan joyida zamburugʻ va bakteriyalar taʼsirida paydo boʻladi. Natijada tola chiriydi, bijgʻiydi va koʻsakdan qoʻngʻirsargʻish yelim shira — yopishqoq modda ajralib turadi (nomi shundan). Kasallik avj olganda tola butunlay yoki qisman qoʻngʻirsariq, sanoatda foydalanib boʻlmaydigan yopishqoq holga keladi. Kasallik kuchsizroq boʻlganda tola shakli qisman oʻzgaradi. Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqasida Yo. b. hamma yerda uchrab, uning tarqalishida beda qandalasining ishtiroki katta. Kurash choralari: beda qandalasiga qarshi xlorofos yoki karbofos, piretroidlardan ambushning 25%li (0,6 kg/ga), sherpaning 25% li emulgirlanuvchi konsentrati (0,3 kg/ga) purkaladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil