Yonuvchi tabiiy gazlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yonuvchi tabiiy gazlar - Yer poʻstining choʻkindi gʻilofida erkin toʻplamlar hamda erigan (neftda va qatlam suvlarida), tarqoq (jinslarda shimilgan) gaz kondensata va qattiq (gazogidrat uyumlarida) holda uchraydigan metan qatoridagi uglevodorodlar va uglevodorod boʻlmagan komponentlar aralashmalari. Yo. t. g .ga asosan metan (85—90%), etan, propan, butan, izobutan va pentan kiradi. Yo. t. g .dan olinadigan energiya jahrn energetika balansining 22% ni tashkil etadi. Tabiatdagi barcha gazlarnit asosiy kismi (90% dan ortiq) Yo. t. g .dan iborat. Yo. t. g . konlari 1,5 km dan chuqurda joylashganda deyarli faqat metandan, qisman uning gomologlari (etan, propan, butan), azot, argon goho karbonat angidridi va vodorod sulfidi qoʻshimchalaridan iborat boʻladi. Chuqurlik ortishi bilan metan gomologlarining miqdori koʻpayib boradi. Gaz kondensata konlarida metanga nisbatan uning gomologlari koʻproquchraydi. Baʼzi bir gaz konlarida karbonat angidridi, vodorod sulfidi va azotning koʻpligi kuzatiladi. Yo. t. g . konlari hamma geologik sistemalar yotqiziqlarida, proterozoyning oxiridan boshlab turli chuqurliklarda, koʻpincha 3 km gacha uchraydi. Yo. t. g . choʻkindi togʻ jinslaridagi organik moddalarning katagenik qayta oʻzgarishidan hosil boʻladi (q. Yer pusti gazlari) va migratsiya yoʻllaridagi tutqichlarda toʻplanadi. Gaz uyumlari tuzilishiga koʻra massiv va qatlamli boʻladi. Katlamli uyumlarda gaz maʼlum qatlam (kollektor)da toʻplanadi, massiv uyumlarda esa maʼlum qatlamlarda toʻplanmaydi. Qatlamli uyumlarning qubbali turi koʻproq tarqalgan. Yo. t. g .ning dunyo boʻyicha zaxirasi kontinent, shelf zonalari va sayoz dengizlarda joylashgan. Yo. t. g .ning jahondagi zaxirasi 113 trln. m3 dan koʻproq (1992). Eng yirik gaz konlari Rossiya, AKSH, Eron, Niderlandiya, Jazoir, Turkmaniston, Oʻzbekiston (Shoʻrtan) da bor. Yo. t. g . iqtisodiy jihatdan eng tejamli yonilgʻi hisoblanadi. Yonish issikligi oʻrtacha 32,7 MJ/m’ (7800 kkal/m3). Elektr styalari, metallurgiya, sement va shisha sanoatida, qurilish materiallarini i.ch.da, kommunal maishiy ehtiyojlarda, xonadonlarni gazlashtirishda keng ishlatiladi. Yo. t. g . tarkibidagi uglevodorodlar metil spirti, formaldegid, atsetaldegid, sirka kislotasi, atseton va organik birikmalarni i. ch.da xom ashyo hisoblanadi. == Adabiyot ==

  • Shirkovskiy A. I., Razrabotkam ekspluatatsiya gaz i gazokondensatnix mestorojdeniy, M., 1979; Sokolov V. A., Gazi zemli, M., 1966; Jijchenko B. P., Uglevodorodnie gazi nedra, M., 1984.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil