Yongʻoq qurti
Yongʻoq qurti (Sarrothypus rausculana Srsh.) — yongʻoqmevalilar zararkunandasi. Kapalagi 8–9 mm, qanoti yozilganda 13–23 mm. Qanoti kulrang . Tuxumi 0,5 mm. Qurti 16 mm gacha, qizgʻish yoki och yashilqoʻngʻir, uzun tuklar bilan siyrak qoplangan, boshi va koʻkrak oyoklari qoʻngʻir. Gʻumbagi 11 mm, jigarrang , usti oq, osti yaltiroq. Yongʻoq qurti, asosan, Oʻrta Osiyo va Jan. Qozogʻistonda tarqalgan. Yongʻoq mevasini va yosh novdalarini zararlaydi. Qurttushgan yongʻoq pishmasdan toʻkiladi. Yongʻoq qurti daraxt poʻstlogʻi ostida va yoriqlarida pilla oʻrab qishlaydi, erta koʻklamda gʻumbakka aylanadi, kapalaklari apr.da ucha boshlaydi. Tuxumini xom yongʻoqqa 1—2 tadan qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar yongʻoq magʻzini yeydi. Yongʻoq qurti yiliga 2—3 avlod beradi.
Kurash choralari: daraxt tanasiga qurt ushlagich — dorilangan poxol, qop belbogʻ bogʻlab qoʻyiladi. Yongʻoq qurti kapalagi uchish davrida (birinchi avlodi may, ikkinchi avlodi iyun — iyul oylari) daraxtga zalon (2,4— 4l/ga), detsis (0,5—1,0 l/ga) kabi insektitsidlarning 0,2—0,3% eritmasi purkaladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |