Yogʻochoyoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yogʻochoyoq — oʻzbek xalq sirk sanʼati janrlaridan. Ijrochi oyoklariga 3— 3,5 m uzunlikdagi yogʻochlarni bogʻlab ustidan uzun shim kiyib oladi va qayroq bilan raqs ("Jonon", "Andijon polkasi", "Norimnorim", "Lazgi")ga tushadi. Unga surnay, nogʻora, doyra joʻr boʻladi. Yo. oʻyinlari xalq sayillarida ayniqsa, dorboz truppalarida keng koʻrsatiladi. Mas, Andijondagi Kimsan Nazaraliyev, Toshkentdagi Toʻlqin Boltayev, Buxorodan Rabbim Sohibov, Shahrisabzdan Saʼdulla Mamadaliyev, Samarqanddan Bozorboy Qurbonovlarning shogirdlari va b. bor. Yo.chilar oʻyin paytida qoʻlida pichoklar, bulavalar, koptokchalar va ayniqsa gardishga 12 ta choynak bilan piyolani ustmaust qoʻyib piramida qilib aylantirib oʻynashadi. Shohimardonlik Ahadjon Nabiyev dorbozlari Yo.da dor ustida yurib tomosha koʻrsatadi. Yo. oʻyinlari bayram va sayillarda hozir ham koʻrsatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil