Yogʻoch (birlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yogʻoch — qad. oʻlchov birligi; katta masofalardagi yoʻl uzunligini oʻlchashda qoʻllanilgan. Baʼzi adabiyetlarda farsang , sang , tosh tarzida ham uchrab turadi (farsang Yo. bn, sang esa tosh bilan bir xil boʻlib, Yo.ning 2/3 qismiga teng). Maʼlumotlarga koʻra, 12 ming qadam 1 Yo. deb qabul qilingan. Agar bir qadam 0,75 m boʻlsa, u holda 1 Yo. 9 km ga teng boʻladi (1YO= 12000 qadam=9 km). Agar bir qadam 1,5 qari, 1 qari 6 tutam, 1 tutam 9 sm ekanligi inobatga olinsa, 1YO.= 12000 qadam=120001,5 qari = 18000°6 tutam= 1800069 sm =972000 sm =9,72 km. Bu natija Boburning Samarkand bilan Buxoro oraligʻidagi masofa 25 Yo.ga teng deb bergan maʼlumotiga ancha yaqin keladi (Boburnoma, T., 1990). Lekin keyinchalik mamlakatimizning bir necha viloyatlarida bir qadamni taxminan 0,71 m ga yaqin deb qabul qilib, 1YO.ni oʻrtacha 8,5 km (aslida 8,52 km) deb qoʻllashgan. Yo.ning kullanilgan davri va joyiga qarab yana 6 km dan 9 km gacha boʻlgan boshqa qiymatlari ham baʼzi adabiyetlarda uchrab turadi. Lekin 0,75 m li qadam boʻyicha qisoblab aniklangan 9 km Yo.ning amalda eng koʻp kullanilgan qiymati qisoblanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ahrorov N., Qadimiy oʻlchov birliklari, T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil