Yofas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yofas, Abu Turk (gʻarb manbalarida Iafet, Yafet) — qad. diniy aqidalarga koʻra, Nuh(as)npnt 3 farzandidan biri (Som, Hom bilan birga). Toʻfondan soʻng omon qolgan Nuh(as) oʻgʻillariga Yer yuzini boʻlib bergan. Jumladan, Yo. "otasining hukmi birlan... Atil (Itil) va Yoyiq suvining yoqosigʻa bordi. Ikki yuz ellik yil anda turdi. Taqi vafot tobdi. Sakkiz oʻgʻli bor edi (Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming , Chin, Qamari, Tarix)" ("Shajarayi turk"). Toʻngʻich oʻgʻli nomidan Yo.ni "Abu Turk" ("Turkning otasi") deb ham atashgan. Mirzo Ulugʻbekning yozishiga Karaganda, Yo.ga "Chin Mashriqining boshqa muhitlari, Qomarun togʻlari va rus yerlari oxirigacha choʻzilgan oq choʻqqilar va beshinchi iqlimning qolgan uchdan bir qismi to maʼmur yerlarning oxirigacha va Shimolning zulummotigacha yerlar baxsh etilgan edi... Aytadilarki, Turon zamin va Turkistonni Yofas(as) oʻziga asrab qoʻygan edi. Shu sababli uni Abutturk deyishgan". Qadimda turkiy oʻlkalarda yomgʻir yogʻdiruvchi tosh (qarang Yada toshi) yordamida duo oʻqib osmondan yomgʻirqor yogʻdiruvchi kishilar boʻlgan. Mana shu yada ilmini Yo.ga otasi Nuh(as) oʻrgatgan degan naql bor. Yo. vafotidan soʻng Turk otasi oʻrniga oʻtirib yurtni boshqargan. Xalq uni Yofas oʻgʻlon deb atagan.

Adabiyot[tahrir]

  • Mirzo Ulugʻbek, Toʻrt ulus tarixi, T., 1995; Abulgʻoziy, Shajarayi turk, T., 1992; Ibrohimov A., Sultonov X., Joʻrayev N., Vatan tuygʻusi, T., 1996.

Faxriddin Hasanov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil