Yodgor valloma madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yodgor valloma madrasasi -Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani markazidagi meʼmoriy yodgorlik (taxminan 1625). Madrasa mahalliy bek nomi bilan atalgan (uning mablagʻiga qurilgan). Madrasa bosh tarzining asosiy qismi va yon devorlaridan biri saqlangan. Maqbara (jan.sharqiy qismi)da Yodgor Vallomaning sagʻanasi bor. Yo. V. m. tashki burchaklariga burjguldasta ishlangan. Maqbara va masjid gumbaz tomli, miyonsaroy yassi gumbaz tomli, devori sirkor gʻisht bilan bezatilgan. Guldasta bezagidagi oq, zangori sirkor gʻishtchalar yaxshi saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil