Yoʻrmadoʻzlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoʻrmadoʻzlik — kashtadoʻzlik turi; badiiy buyumlar (doʻppi, choyshab, gulkoʻrpa, kirpech, zardevor va b.), kiyimlarga yoʻrma chokda gul (naqsh) tikish kasbi. Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. 19-a. gacha Buxoro, Xiva shaharlarida, 19-a.ning 2-yarmidan Toshkent va Qoʻqonda keng tarqalgan. Charm va movut buyumlarga (kamar, pichoq va qilich qinlari, kitob muqovalari), ovchilar kiyimlari, poʻstinlarga bezak kashta gullar yoʻrma chok bilan tikilgan. Tikuv mashinalari (popop) da tikish usuli oʻzlashtirilgach, qoʻlda tikish kamaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil