Yoʻldosh Sharipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoʻldosh Sharipov (1913, Qoʻngʻirot shahri – 1973.23.7, Nukus) — qoraqalpoq aktyori, rejissyor, teatr arbobi. Qoraqalpogʻiston (1949) va Oʻzbekiston (1957) xalq artisti. Qoraqalpogʻiston milliy teatrining shakllanishiga muhim hissa qoʻshgan. Moskva teatr sanʼati krshida ochilgan Qoraqalpoq studiyasida oʻqigan (1935–39). Oʻz faoliyatini 1932 yil Qoraqalpoq davlat drama teatrida boshlagan va "Arshin mol olon" (U. Hojibekov), "Byurokratlar" (J. Oymurzayev), "Bogʻdagul" (S. Majitov), "Qora yuraklar" (R. Majitov) spektakllarini sahnalashtirgan. 1939–50 va yana 1956 yildan Qoraqalpoq davlat drama teatrida aktyor va rejissyor (1961–63 yillar bosh rejissyor), 1951–56 yillar Qoraqalpogʻiston madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi sanʼat boshqarmasi boshligʻi. Sharipov ijodi xalq yumoriga boyligi, oʻziga xos milliyligi bilan ajralib turadi. Jeront (Molyer, "Skapenning nayranglari"), Gordey Torsov (N. Ostrovskiy, "Kambagʻallik ayb emas"), Boysari (N.Dovqorayev, "Alpomish"), Makferson (K.Simonov, "Rus masalasi"), Palimbet, Polvon ota (J. Oymurzayev, "OygulAbat", "Amudaryo sohilida") va boshqa rollari bilan shuhrat qozongan. "Gulsara" (K.Yashin), "Oʻzingdan chiqqan baloga ...", "Amudaryo sohilida", "Berdaq" (J. Oymurzayev), "Kambagʻallik ayb emas" (N. Ostrovskiy), "Tozagul" (R.Majitov), "Tobutdan tovush" (A.Qahhor) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil