Yoʻl oʻtkazgichlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yo`l o`tkazgichlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yoʻl oʻtkazgichlar — ikki yoki undan ortiq transport magistrallari kesishadigan joyga quriladigan koʻprik, transport vositalarining mustaqil harakatlanishi uchun moʻljallanadi. Y.oʻ. avtomobil yoʻli t.y. bilan kesishadigan joyga, shuningdek, transport vositalari va yoʻlovchilar serq-atnov boʻladigan shahar yoʻllariga quriladi. Y.oʻ. ning shakliga koʻra, planda toʻgʻri chiziqli, egri chizikli; bir va koʻp yarusli; balkali, ramali yoki arka tizimli; metall, temirbeton va poʻlat-temir-betondan prolyotli (oraliqli) qilib quriladigan xillari bor. Ular koʻpincha 1—4 prolyotli (10— 40 m va undan ortiq oraliqda) qilib quriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil