Kontent qismiga oʻtish

Yoʻl oʻtkazgichlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yoʻl oʻtkazgichlar — ikki yoki undan ortiq transport magistrallari kesishadigan joyga quriladigan koʻprik, transport vositalarining mustaqil harakatlanishi uchun moʻljallanadi. Y.oʻ. avtomobil yoʻli temir yoʻl bilan kesishadigan joyga, shuningdek, transport vositalari va yoʻlovchilar serqatnov boʻladigan shahar yoʻllariga quriladi. Y.oʻ. ning shakliga koʻra, planda toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli; bir va koʻp yarusli; balkali, ramali yoki arka tizimli; metall, temirbeton va poʻlat-temir-betondan prolyotli (oraliqli) qilib quriladigan xillari bor. Ular koʻpincha 1—4 prolyotli (10— 40 m va undan ortiq oraliqda) qilib quriladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil