Kontent qismiga oʻtish

Yibal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yibal – Ummon Sultonligidagi eng yirik neft koni, sultonlikning ad-Dahira gubernatorligida, Maskatdan 360 km janubi-gʻarbda joylashgan. Ushbu kon 1968-yildan neft ishlab chiqarishni boshlagan[1], eng yuqori koʻrsatkichi bir kunda 250,000 bochka (250,000 barrels per day (40,000 m3/d) boʻlgan. Soʻnggi yillarga kelib ushbu kon faoliyatida susayish kuzatila boshlagan, eng past koʻrsatkich 2005-yilda kunlik 88,000 bochka (88,000 barrels per day (14,000 m3/d) boʻlgan. Yibal neft koni, asosan, Petroleum Development Oman tomonidan boshqariladi.

Yibal Khuff loyihasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyada joylashgan Petrofac kompaniyasi 2015-yilda shartnoma asosida yirik Yibal Khuff loyihasini ishlab chiqishni oʻz zimmasiga olgan. Kompaniya oʻsha vaqtdagi shartnoma qiymatini 900 million dollar atrofida ekanligini maʼlum qilgan[2].

Yibal Khuff loyihasi (YKP) 2021-yilning sentyabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, unda 1200 ummonlik va 200 nafar chet el fuqarolar ish bilan taʼminlangan. Loyiha toʻliq ishga tushirilganida kuniga 5 million kub metr gaz va kuniga taxminan 20 ming bochka xom neft ishlab chiqargan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. PDO. „PDO's History“. 2013-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-aprel.
  2. YKP. „Petrofac chosen to develop YKP“.
  3. YKP. „Yibal Khuff Mega Project Starts Production“.