Yevropa kosmik agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yevropa kosmik agentligi (YKA; inglizcha: European Space Agency (ESA); fransuzcha: Agence spatiale européenne (ASE)) — Yevropadagi 10 ta davlat oʻrtasida tuzilgan xalqaro tashkilot; 1975-yilda tuzilgan. Kommersiya va xoʻjalik-amaliy ishlarga moʻljallangan kosmik apparatlarni ishlab chiqadi. Yevropa kosmik agentligi kosmik apparatlarning uchishini kuzatish stansiyalari tarmogʻiga ega. Ularni boshqarish markazi Darmstadtda (Germaniya) joylashgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]