Yevgeniy Mankos
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Yevgeniy Georgiyevich Mankos | ||
| Tavallud sanasi | 26-iyun 1941-yil | ||
| Tavallud joyi | Moskva, SSSR | ||
| Vafot sanasi |
3-aprel 2003-yil (61 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Ulyanovsk, Rossiya | ||
| Boʻyi | 167 cm (5 ft 5 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1962 | Fili | ||
| 1964—1966 | Avangard | ||
| 1970 | Politotdel | ||
| 1970—1973 | Yangiyer | ||
| 1974 | Metallurg (Tula) | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Yevgeniy Georgiyevich Mankos (1941-yil 26-iyul, Moskva, RSFSR, SSSR – 2003-yil 3-aprel, Ulyanovsk, Rossiya) – sovet xokkeychisi va futbolchisi, murabbiy, SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1985). 1991-yilda SSSR koptokli xokkey terma jamoasi, 1991-yildan 1992-yilgacha MDH milliy koptokli xokkey terma jamoasi bosh murabbiyi. 1992-yildan 1994-yilgacha Rossiya koptokli xokkey terma jamoasi bosh murabbiyi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy Georgiyevich Mankos 1941-yil 26-iyul Moskva shahrida tugʻilgan. U 10 yoshidan boshlab Mashinostroitel maktabida tahsil ola boshlagan. Yevgeniy Mankos 1954—1959-yillarda „Burevestnik“ yoshlar jamoalarida oʻynagan. Uning kattalar jamoasidagi debyutini CSK MO klubida amalga oshirgan va u yerda bir mavsumni oʻtkazgan. Faoliyatining asosiy qismi „Dinamo“, „Zork“ va „Fili“da oʻtgan. Koptokli xokkey boʻyicha SSSR chempioni (1967), SSSR chempionatining kumush medali sovrindori (1966, 1968). Koptokli xokkey boʻyicha RSFSR chempioni (1971), Butunittifoq kasaba uyushmalari markaziy kengashi kubogi sovrindori (1980). Yevgeniy Mankos Keyinchalik oʻzini futbolda sinab koʻrgan. „Avangard“ (Kolomna), „Torpedo“ (Podolsk), Oʻzbekistonning Politotdel va Yangiyer klublarida toʻp surgan. Uning soʻnggi klubi „Metallurg“ (Tula) boʻlgan[1].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy Mankos faoliyatini yakunlab, dastlab „Zorkiy“ XK yoshlar jamoasida, „Zorkiy“ futbol jamoasida ishladi. Jamoa bilan Moskva viloyati chempionatida gʻolib chiqdi va ikki marta Kasaba uyushmalari markaziy kengashining Butunittifoq kubogini qoʻlga kiritdi.
Keyingi faoliyati koptokli xokkey jamoalarida ishlash bilan bogʻliq.
Klub jamoalaridan „Zorkiy“, „Sever“, „Volga“ bilan ishlagan. Uning rahbarligida „Zorkiy“ ikki marta mamlakat chempioni (1992, 1993), SSSR chempionatining kumush medali (1983, 1985, 1991), SSSR chempionatining bronza medali sovrindori (1982, 1987, 1989), SSSR chempionati gʻolibi boʻlgan. SSSR chempionati Kubogi (1985, 1986, 1989, 1990, 1991), Rossiya kubogi gʻolibi (1993), Yevropa kubogi gʻolibi (1992) va jahon chempionati gʻolibi (1990) boʻlgan.
U mamlakat terma jamoalari bilan ishlagan: 1991—1994-yillarda SSSR, MDH va Rossiya terma jamoalari bosh murabbiyi boʻlgan.
Mankos boshchiligidagi Rossiya jamoasi 1993-yilgi Jahon chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi. MDH terma jamoasi 1992-yilda xalqaro turnirning bronza medali sovrindori boʻldi va Rossiya terma jamoasi 1994-yilgi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritdi. 1985—1987-yillarda SSSR ikkinchi terma jamoasi, 1987—1988-yillarda SSSR oʻsmirlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. SSSR terma jamoasi Mankos qoʻl ostida 1988-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Uning ishtirokida SSSR terma jamoasi 1991-yilgi Jahon chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritdi.
U 2003-yil 3-aprelda Ulyanovskda vafot etdi. Moskvadagi Mitinskoye qabristoniga dafn etilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Манкос Евгений Георгиевич — Статистика“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-noyabr.
- ↑ „Памятник на могиле Евгения Манкоса“ (ru). izgotovleniepamyatnikov.ru. 2022-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Е. Г. Манкос на сайте «Спортивный некрополь»
- У Манкоса не выдержало сердце «Экспресс-газета»
- Манкос окрыляет «Зоркий» «Греческая газета»
- 26-iyunda tugʻilganlar
- 1941-yilda tugʻilganlar
- Moskvada tugʻilganlar
- 3-aprelda vafot etganlar
- 2003-yilda vafot etganlar
- Ulyanovskda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Yangiyer klubi futbolchilari
- FK Metallurg Moskva futbolchilari
- FK Avangard-Kortek futbolchilari
- FK Torpedo Podolsk futbolchilari
- Doʻstlik Toshkent futbolchilari
- FC Arsenal Tula futbolchilari
- SSSR sport ustasi
- SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiylar
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari