Yevgeniy Korovin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yevgeniy Petrovich Korovin (1891. 25.2 - Moskva — 1963.1.12) — botanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1947), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1940), professor (1932). Moskva universitetini tugatgan (1917). Oʻrta Osiyo universiteti oʻsimliklar geogr.si va sistematikasi kafedrasi mudiri (1928-60). Universitet qoshidagi Biologiya ilmiy tadqiqot instituti (1932—38), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botaniqa instituti (1944—48, 1950— 52) direktori. K.ning ilmiy ishlari, asosan, ekologiya, geogr., flora, oʻsimliklar qoplami va filogenetikaga oid. Ferula turkumidan 60 dan ortiq yangi turni fanga kiritgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston boʻylab oʻtkazilgan 24 ekspeditsiyada qatnashib, uchlamchi davr qazilma florasi (Turkmaniston kserofiti, Qoratov lezofili)ni topgan. Oʻrta Osiyoda gʻoʻzani rayonlashtirish haritasini tuzgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Geobotanicheskaya karta Oʻzbekistona, T., 1949; Rastitelnost Sredney Azii i Kazaxstana, v 2 tomax, M., 1961, 1962.[1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil