Yevgeniy Baranovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yevgeniy Nikolayevich Baranovskiy (1907.15(28).3, Orenburg at arbobi (1955). Dastlab sirkda akrobatlik qilgan. 1929 — 39 yillarda Toshkent opera va balet teatrida raqqos, ayni vaqtda Ye. Obuxovadan mumtoz raqs, Us t a Olim Komilov, M. Turg‘unboyevadan o‘zbek raqsini o‘rgangan. 1939 — 48 yillarda Navoiy teatri baletmeysteri. B. O‘zbek Davlat filarmoniyasi (1949 — 56) va Muqimiy teatrida (1956 — 68) bosh baletmeyster. Bir qancha balet va musiqali dramalar raqslarini sahnalashtirgan. Uning "Baliqchi", "Oq oltin", "Mirzacho‘l", "Paxtakor" kabi estrada raqslari ham mashhur. 1939 — 43 y.lar M. Turg‘unboyeva bilan hamkorlikda "Paxta", "Xorazm raqsi", "Askarlar", "Tanavor" kabi raqslarni yaratgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil