Kontent qismiga oʻtish

Yetti erkin sanʼat

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Yetti erkin sanʼat (lotincha: septem artes liberates) — oʻrta asrlar maktablarida va universitetlarning „artistik“ (tayyorlov) fakultetlarida oʻrgatiladigan oʻquv fanlari. 2 bosqich – trivium (grammatika, ritorika, dialektika) va kvadrivium (arifmetika, geometriya, astronomiya, musiqa)dan iborat boʻlgan. Yetti erkin sanʼat antik davrdayoq shakllangan. Oʻrta asrlar davrida dinning hukmronligi ortishi va madaniyatning inqirozi sababli eski davr olimlari tomonidan ilmning bu sohalariga qoʻshilgan boy mazmun diniy maqsadda foydalaniladigan oddiy maʼlumotlarning cheklangan miqdoridan iborat qilib qoʻyildi. Uygʻonish davrida taʼlimga ehtiyojlari ortishi tufayli taʼlimning mazmuni oʻzgardi. Yetti erkin sanʼatning dunyoviy shakli tiklandi. Ushbu sanʼat tizimi oʻrnini asta-sekin mumtoz gimnaziyalar tizimi egalladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil