Yetim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orphan, James Tissot 1879

Yetim — 1) ota-onasi yoki ulardan biri oʻlgan bola. Xalq oʻrtasida otaonasi vafot qilib yolgʻiz qolgan bola „chin yetim“, onasi bilan qolgan bola „gul yetim“, otasi bilan qolgan bola „shum yetim“, ayrim hollarda otasi hamda onasi tomonidan tashlab ketilgan bolalar „tirik yetim“ deb atalgan. Jahonda koʻpgina xalqlarda boʻlgani kabi, Oʻrta Osiyo xalqlarida ham bola yetim qolgan boʻlsa, ularni qarindoshlari yoki hamqishloqmahalladoshlari oʻz qaramoqlariga olib tarbiyalaganlar (ular „asrandi bola“ deb atalgan). Oʻzbekiston Respublikasi yetim va karovsiz bolalar tarbiyasini oʻz otaligʻiga olgan, maxsus mehribonlik uylari, tarbiyaxona (internat)lar tashkil etilgan; 2) Turkiston oʻlkasida yoshligidan boy xoʻjaliklarga yollanib ishlovchi qarol, xizmatkor. Bunday yetim chorvadorlarga bir yil, dehqonlarga 8—10 oy muddat bilan yollanar edi. Agar yetim poda boksa, uning haqi 6—8 qoʻy, yozlik va qishlik kiyim, kundalik ovqat, dehqonchilik ishlarida esa 4—5 botmon gʻalla (yoki 120—150 tanga pul), yozlik kiyimdan iborat boʻlar edi. Shartlashilgan muddat tamom boʻlgach, yetim haqini olib ketishi yoki yangi mud-datga yollanishi mumkin edi. Chorvaning yoʻqolishi yoki oʻlishi, tabiiy ofat natijasida yetgan zararni toʻlash yetim gardaniga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil