Yernazar Olakoʻz
Yernazar Olakoʻz (taxminan 1806—1856) — Qoraqalpoqlarning qoldovili urugʻidan boʻlgan biy, qoraqalpoq xonligini tashkil etgan (1855—1856).
Yernazar Olakoʻz |
---|
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xiva xonligida 1855-yili boshlangan ishki kelishmovchiliklar ortidan xonlik tarkibidagi turkmanlar markaziy hokimiyatga qarshi harakat boshladi, xonlikning shimoliy hududlarida ham davlatdan ajratilib chiqishga oʻrinishlar boʻlib unga Ernazar Olakoʻz boshchilik qildi. Ernazar Olakoʻz Xivaning ilgarigi xonlari davrida oʻzining gʻayratli ekanligini koʻrsatib xonlar tarafidan eʼtirof etilib, qoraqalpoqlar orasida katta obroʻ toʻplagan. U qoraqalpoqlarni Xiva xonligidan ajratib olish niyatida 1855-yil oʻrtalarida Xiva xoniga qarshi gʻalayon koʻtargan. Amudaryoning oʻng sohilida Qoraqalpoq xonligini tuzib, Zorliq toʻrani xon, oʻzini esa unga bosh vazir deb eʼlon qilgan. 1856-yil fevralda Xiva xoni Sayd Muhammadxon Xoʻjayli yonida Yernaz boshchiligidagi qoʻshinlar va uning ittifoqdoshi turkmanlar ustidan gʻalaba qozondi. Xonlikga sodiq qoraqalpoq biylari tarafidan Zorliqtoʻra hokimyatdan chetlashtirilgan. Muvaffaqiyatsizdan soʻng Yernazar Olakoʻz Amudaryoning quyi oqimida oʻzi barpo etgan qoʻrgʻonda 6 oylik qamalda qolgan, oxir oqibat qoʻrgʻon himoyachilari tarafidan hoyinlik yoʻli bilan oʻldirilgan, yetakchilaridan ayrilgan xalq Xiva xonligiga qayta boʻysuntirilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
2. [1] S.K. Kamalov, Karakalpaki v XVIII-XIX vekax Tashkent, 1968.
![]() |