Yermak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yermak, Yarmoq (asl ismi Vasiliy) Timofeyevich (7—1585.6.8) — kazak atamani. Podsho Ivan IV koʻlida xizmat qilgan. Sibirga qilgan yurishi bilan Rossiyaning Sibirni bosib olishini boshlab berdi. Katta Noʻgʻoy oʻrdasi xoni Urmuhammad, Ye. 1581 y. yozidauning 1060 bosh otini haydab ketgani uchun Ivan IV dan Ye.ni tutib berishni soʻrab, elchi joʻnatadi. Ivan IV rozi boʻladi. Ye. oʻz toʻdasi bilan Volga boʻylarini tashlab, Kama daryosi havzasidagi tuz konlari egasi katta sanoatchi Stroganovlar mulkiga kelishga majbur boʻladi. Stroganovlar Ye.dan oʻz mulklarini Sibir xoni Kuchumxonaai qoʻriqlashni soʻraydi. 1582 y. Ye. kazaklari bilan Sibirning ichkarisigacha yurish qiladi. 1582 y. Irtish boʻyida 3 kunlik (23—25 okt.) jangda Kuchumxonning qoʻshinini yengib poytaxt Qoshlik (Tobolskdan 17 km uzoklikda) ni egallaydi. Ye. Qoshliqda 2 yil turadi. Ye. 100 nafar kazagi bilan qoʻshinlarni ozuqa va kiyim bilan taʼminlash uchun Irtishning yuqori oqimiga qarab yurib, Begish qalʼasini egallaydi. Ye.ni katta kuch bilan taʼqib qilib yurgan Kuchumxon unga qarshi Kuchugay boshliq qoʻshinni joʻnatgan. 1585 y. 6 avg .ga oʻtar tunda toʻsatdan qilingan hujum natijasida Ye. druji-nasi tor-mor qilingan. Ye. yarador holda Vagay daryosidan suzib oʻtish chogʻida choʻkib oʻlgan. Ye. drujinasining qolgan-qutganlari Qoshlikni tashlab qochganlar.

Ad. Nikitin N. I., Osvoyeniye Sibiri v XVII v., M., 1990; Shuikov V. I., Ocherki po istorii kolonizatsii Sibiri v XVII - nach. XVIII v., M.-L., 1946; Skrinnikov R. G., Sibirskaya ekspeditsiya Yermaka, Novosibirsk, 1986.

Naim Norqulov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil