Yer usti halqa yoʻli
Ushbu sahifani O'zbekiston mustaqilligining 30-yilligi yo'li bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Yer usti halqa yoʻli | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
|
Halqa yoʻli — Toshkent metropoliteni yoʻllaridan biri. Toshkent shahri atrofidagi avtomobil halqa yo'liga monand tarzda qurilayotgani uchun ham shunday nomlangan. Birinchi bosqichi 2020-yil 29-avgustda yoʻlga qoʻyilgan. Bu yoʻl yana 4 bosqichda qurilishi rejalashtirilgan.[1]
Texnopark (avvalgi Doʻstlik-2) bekatidan Qoʻyliq bekatigacha boʻlgan mazkur yoʻnalish uzunligi 11 km boʻlib, 7 ta bekat (“Do'stlik-2” va ”Bekat-2,3,4,5,6,7”) barpo etilgan. Birinchi bekatdan oxirgisigacha 19 daqiqada yetib olish mumkin. Bu yoʻnalish kuniga 46,000 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.[2]
Bekatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bekatlar milliy kolorit asosida, oʻziga xos dizaynda qurilgan. Ular yoʻlovchilarga qulaylik yaratuvchi zamonaviy texnologiyalar, yoʻl kira haqini elektron toʻlash imkonini beruvchi turniketlar, eskalator bilan jihozlangan.
Harakat tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Halqa yoʻlida 4 vagonli 5 ta poyezd harakatlanadi.
Kelajakdagi loyihalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yerusti Halqa yoʻli metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million AQSh dollaridan ziyod. Bu yoʻlning jami uzunligi qariyb 55 km boʻlib, bekatlari soni 35 ta boʻladi. Loyiha quyidagi 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:[3][4]
- 1-bosqich: Doʻstlik-2 bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan qism qurilib, foydalanishga topshirildi.
- 2-bosqich: Qoʻyliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining Olmazor bekati bogʻlanadi.
- 3-bosqich: Beruniy bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
- 4-bosqich: Bodomzor bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
- 5-bosqich: Halqa metro liniyasi yana Doʻstlik bekatiga ulanadi.[5]
Toshkent Metropolitenini kengaytirish loyihasi bilan tanishish mumkin[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Тошкент ерусти ҳалқа метросининг биринчи босқичи ишга тушди“. Kun.uz (2020-yil 29-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-may.
- ↑ „Ерусти метросининг “Дўстлик-2” – “Қўйлиқ” йўналиши 30 август куни очилади“. Kun.uz (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-may.
- ↑ „Замонавий технопарк, кенгаяётган метрополитен, қайта қурилаётган йўллар — Тошкентдаги янги лойиҳалар тақдим қилинди“. Kun.uz (2020-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-may.
- ↑ „Zamonaviy texnopark, kengayayotgan metropoliten, qayta qurilayotgan yo‘llar - Toshkentdagi yangi loyihalar taqdim qilindi“.
- ↑ „Видео: Тошкент ерусти метроси илк йўловчиларини қабул қилди“. Kun.uz (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 27-may.
- ↑ „Схема линий ташкентского метро“.