Kontent qismiga oʻtish

Yer uchastkalarini oldi-sotdi qilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer uchastkalarini oldi-sotdi qilish — yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq, bevosita toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita boshqa shaklga oʻtish. OʻzR yer qonunchiligiga muvofiq qishloq xoʻjalik yerlarini bevosita oldo-sotdi qilish taqiqlanadi, lekin fuqaroviy huquqiy tabiatiga ega yerlarni bilvosita bitimlashga ruxsat berilgan. Mulk ob’yektlari va boshqa koʻchmas mulk yer uchastkalari bilan birgalikda tanlov yoki kim oshdi savdosi orqali oldi-sotdi qilinishi, „ Dexqon xoʻjaligi toʻgʻrisida“gi OʻzR Qonunining 8-moddasiga muvofiq dehqon xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga tomorqa yer uchastkasi 0,06 gektar doirasida meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kim oshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi