Yer tuzish loyihasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer tuzish loyihasi - yer tuzish ishlarini bajarish natijalariga asosan yerga egalik qiluvchi xoʻjalikning amalda va istiqbolda yerdan foydalanish darajasini aniqlab beruvchi hujjat. Ye.t.l. 4 qismdan: tushuntirish xati, hisob jadvallari, loyiha chizmalari, xuquqiy xzokjatlar majmuasidan iborat. Tushuntirish xatida Ye.t. l .da bajarilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni asoslash nuqtai nazari va yer tuzish manbai (obyekt)ning tabiiy-iqtisodiy sharoitlari bayon etiladi. Ye.t.l.ning hisob qismi zarur jadval va loyiha yechimlari boʻyicha hisoblash qaydnomalaridan iborat. Barcha hisob-kitob ishlari oʻz navbatida tushuntirish xatida asoslab beriladi. Loyiha chizmalarida qabul qilingan shartli belgilarga asoslangan, loyihalanayotgan joy tafsilotining amaldagi va is-tiqboldagi holatlari koʻrsatiladi. Ye.t.l. tarkibiga kiruvchi hujjatlar toʻplamida shu loyihani tegishli tashkilotlar va muassasalarda koʻrib chiqish, tasdiqlash, amalga oshirish tadbirlari, loyihani joyga kuchirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.

E.t.l. xoʻjaliklararo va xoʻjalikda yer tuzish turlariga boʻlinadi. Ye.t.l. barcha ishtirokchi mutaxassislar, loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachilar tomonidan imzolanadi. Tayyorlangan Ye.t.l. belgilangan tartibda kurib chiqiladi va tasdiqlanadi.

E.t.l. muntazam ravishda mualliflik nazoratida boʻladi. Ye.t.l.ni amalga oshirish jarayonida ayrim oʻzgartirishlar yoki anikliklar kiritilishi mumkin. Har bir holatda zarur huquqiy hujjatlar rasmiylashtiriladi.

E.t.l. natijalariga koʻra, ayrim tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun bir bosqichli ish loyihalari ham tuzil adi.

Qosimjon Rahmonov

.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil