Yer rekultivatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yer rekultivatsiyasi, landshaft rekultivatsiyasi (lot. re — qaytarish, tiklash maʼnosini beradigan old qoʻshimcha; cultivo — ishlov beraman, yetishtiraman) — foydali qazilmalarni qazib olish, suv inshootlari qurish, shaharlar qurilishi va b. sabablarga kura foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolgan yerlarni qayta tiklash, atrof muhit sharoitlarini, ekologik holatlarni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar majmui. Ye.r. asosiy vazifasi tuproqning buzilgan unumdor qatlamini tiklash va q.x. yoki oʻrmon xoʻjaligini samarali yuritishni taʼminlaydigan sharoitni yaratishdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasida, jumladan sugʻorma dehqonchilik hududida uchraydigan yaroqsiz holga keltirilgan yer turlariga quyidagilar kiradi va Ye.r. ga muhtoj hisoblanadi: qurilish uchun materiallar qazib olingan (qum, shagal, tosh va b.) yerlar; gaz va neft mah-sulotlarini qidiruv-tekshirish ishlari va ulardan foydalanishga ajratilgan yerlar; sugʻorish, zax qochirish, yoʻl tarmoqlarini qurish va taʼmirlash oqibatida meʼyordan ortiqcha band boʻlgan pastliklar, doʻngliklar yoki chuqurliklarning paydo boʻlish natijasida unumdor qatlami buzilgan yerlar; turli qurilish inshootlari va binolarni barpo etishda yerlarning vaktincha foydalanishga ajratilgan qismi va b.

E.r. 2 bosqichdan iborat tadbirlar yordamida amalga oshiriladi: texnik va biologik. Dastlab yaroqsiz yerlarni aniqlash, oʻrganish, istiqbolda foydalanish rejasini tuzish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish kabi tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Ye.r.ning texn i k bosqichi xalq xoʻjaligi uchun yerni maqsadli foydalanishga tayyorlash boʻlsa, biologik bosqich da esa landshaft va tuproqni qayta tiklash, qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligi uchun yarokli holga keltirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida 200 ming ga yaroqsiz holga keltirilgan yerlar mavjud boʻlib, shundan 65 ming ga q.x. tarmoqlari yaxshi rivojlangan hududlarga toʻgʻri keladi (2000). Ular asosan sugʻorish, zax qochirish va yoʻl tarmoqdarini qurish oqibatida paydo boʻlgan. Ularni q.x, oborotiga qaytarish natijasida har yili qoʻshimcha 300—400 ming t paxta va koʻplab sabzavot, meva hamda chorvachilik uchun zarur boʻlgan yemxashak yetishtirish mumkin.

Qosimjon Rahmonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil