Kontent qismiga oʻtish

Yer bugʻusi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer bugʻusi yoki mamont — qirilib ketgan jonivor, Komi mifologiyasining muhim bir qismi. Ularning qoldiqlarini koʻpincha Yevropaning shimoli va Rossiya hududidan topishadi[1]. Sibir va Uzoq Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan mifologik mamont obrazining koʻrinishlaridan biri[2].

Panteondagi oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komi xalqlarining tasavvurlariga koʻra, Yer bugʻulari dunyo yaratilayotgan davrda yashagan. Mamont daryolar va jilgʻalarning yaratuvchisi hisoblangan. U shunchalik ogʻir boʻlganki, bunday yukni Yer koʻtara olmagan. U yurgan joylarda daryolar va soylar paydo boʻlgan. Oxir-oqibatda, butun dunyo boʻylab toshqin yuzaga kelgan[3].

Gidrologik obyektlarni yaratish mavzusida mamont bilan bir qatorda maʼbudlar — En va Omel ham tilga olinadi: En oqar suvlarni, Omel esa turgʻun suvlar (botqoqlar)ni yaratgan.

Rus pravoslavligi taʼsiri ostida Komi xalqlari Nuh kemasi haqida bilib olishgan. Mamont kema yordamida qutulishga harakat qilgan, ammo unga sigʻmay qolgan. Yer bugʻusi suzishga uringan, lekin qushlar uning „shoxlari“ (dandon tishlari) ustiga qoʻnib olishgan va jonivor choʻkib ketgan. Mamontlarning yoʻq boʻlib ketishi mana shu fojiali holat bilan bogʻlanadi[3].

Cho‘kib ketgan mamont yer ostida yashashni boshlagan. Komi-ziryanlar daryo vodiylari ham mamontlar tomonidan yaratilgan deb ishonishgan — vodiylar uning yer ostida yuradigan yoʻllari ekanligini taxmin qilishgan . Komi konchilari „yer osti iblisi“ haqida gapirib, tuproq tagida uning ulkan tosh qoldiqlari mavjud ekanligini aytib yurishgan[3].

Hunarmandchilikka taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komi va shimolning boshqa xalqlari koʻpincha daryolar, koʻllar va togʻ tizmalaridagi choʻkindilardan mamont suyaklarini topganlar. Ular suyaklardan dastalar, naylar, haykalchalar yasashgan[4]. Komi dostonlarida mamont suyaklaridan yasalgan chanalar haqida ham hikoya qilingan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Петрухин В. Я.. Мифы финно-угров. Астрель: АСТ: Транзиткнига, 2005 — 463 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]