Yeonnalligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


연날리기

Yeonnalligi (연날리기) — koreyscha oʻyin . Yeon xitoycha 鳶 „varrak“ „uchurtma“ degan maʼnoni anglatuvchi xitoy so‘zidan kelib chiqqan. O‘yin to‘rtburchak varraklardan foydalaniladi va odatda Koreyaning Seollal bayramida o‘ynaladi. Seollal paytida varrak quyosh botish arafasida uzoqroqqa uchirib yuboriladi so‘ng ipi kesib yuboriladi. Xitoy va Koreyada bu marosimni 송액영복(送厄迎福) deb atshadi. buning maʼnosi „ omadsizlikni qo‘yib yuborish, omadga salom berish“

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Silla generali Gim Yu-sinning „ Samguk Sagi“ kitobidagi tarjimai holida, bir yildan so‘ng , Silla qirolichasi Jindeok taxtga o‘tirganidan bir yil o‘tib, „Yuqori amaldorlar  va Yeomjong o‘rtasida bo‘lib o‘tgan  qo‘zg‘olondan so‘ng, ulkan yulduz. Weolseong yulduzi so‘nib qoladi. Malika va qo‘l ostidagi odamlar ham qo‘rqib ketishadi. General yulduz osmonga ko‘tarilayotgandek bo‘lib ko‘rinishi uchun katta varrak  yasab uchirtidi“ . Ushbu manbaga qaraganda, o‘sha paytda varraklar keng ommalashganligini tasdiqlaydi

Dongguksesigi shahrida Choe Yeong Goryeoning Tamna provinsiyasidagi ko‘chmanchi mo‘g‘ullar isyonchilarini bostirish uchun juda ko‘p katta varraklarni uchirganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Shuningdek, askarlar dushman hududiga yetib borish uchun uchurtmalarda bo‘lganligi aytiladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, uchurtma yoki varrak nafaqat o‘yinchoq, balki urush quroli sifatida ham ishlatilgan.