Yemilian Bukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yemilian Nesterovich Bukov (1909.27.7 Jan. Bessarabiya 1984) — Moldaviya xalqyozuvchisi (1982). Buharest untini tugatgan (1936). Ilk ijodida jamiyat keskin tanqid qilingan, inqilobiy kurash ruhi kuchli ("Mehnat qaynaydi", 1932; "Quyosh nutqi", 1937; "Xitoy", 1938 va boshqa sheʼrlar toʻplamlari). Keyinchalik B. vatanni, moldavanlar hayotidagi oʻzgarishlarni kuylagan ("Men seni koʻryapman, Moldaviya", 1942; "Dnestrda bahor", 1944; "Mening mamlakatim", 1947 va boshqalar). "Bugun va erta" (1965) sheʼrlar toʻplami, "Reut shahri" (1965) sheʼriy roman, "Qalb uchqunlari" (1965) hikoyalar toʻplami hamda "Magistral" (1969) romani bor. "Ona" hikoyasi, "Yoshlarga", "Aprel", "Bugun va erta", "Oʻtmish va istiqbol" sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Moldaviya davlat gimnining muallifi (hamkorlikda).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil