Yellowstone bear world

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yellowstone Bear World
Asos solingan 1998-yil
Joylashuvi Rexburg, Idaho, AQSH bayrogʻi AQSh
Koordinatalar 43°44′19.67″N 111°51′57.14″W / 43.7387972°N 111.8658722°W / 43.7387972; -111.8658722 G OKoordinatalari: 43°44′19.67″N 111°51′57.14″W / 43.7387972°N 111.8658722°W / 43.7387972; -111.8658722 G O
Maydoni 125 acre (51 ha)
Hayvonlar soni 40 dan ziyod qora ayiq va 5 ta grizzli ayigʻi
Hayvon turlari soni Yovvoyi tabiatning 8 turi: Grizzli ayig'i, Amerika qora ayigʻi, Togʻ echkisi, Togʻ echkisi, Bizon, Mus, Kiyik va Oq quyruqli kiyik[1]
Asosiy eksponatlar Drive-Thru, shisha idishdan ovqatlanadigan ayiq bolalari, yovvoyi tabiatga sayohat, uchta ayiq sovgʻa doʻkoni, attraksionlar va hayvonot bogʻi[2]
Veb-sayti yellowstonebearworld.com
Yellowstone bear world
Yellowstone bear worlddagiamerika qora ayigʻi, 2017-yil

Yellowstone Bear World — bu yovvoyi tabiat parki boʻlgan xususiy mulk hisoblanadi[3][4][5][6][7][8]. U Idaho shtatining Rexburg shahrida, Yellowstone milliy bogʻidan 80 mil uzoqlikda joylashgan[9]. Yellowstone Bear Worl parki 1998-yilda tashkil etilgan[5].

Bogʻda Buyuk Yellowstone ekotizimiga xos boʻlgan 8 dan ziyod yovvoyi tabiat turlari mavjud. Parkdagi boshqa diqqatga sazovor joylar sirasiga kichik oʻyin parki va hayvonot bogʻi kiradi. Yellowstone Bear World — Qoʻshma Shtatlardagi yagona yovvoyi tabiat bogʻi boʻlib, u yerda tashrif buyuruvchilar ayiq bolalarini shisha idishlaridagi sut bilan boqishlari mumkin.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilishdagi kechikishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bogʻni qurish jarayonida loyihachi Mike Ferguson, Armiya muhandislar korpusi tortishuvlari hamda ayrimlarning Snake daryosining botqoq hududida qurilish uchun beriladigan zarur ruxsatnomasi yoʻqligi sababli uni toʻxtatish zarurligi haqidagi fikrlaridan keyin qazish ishlarini toʻxtatib qoʻydi. 1998-yil aprel oyining oxiri-may oyining boshlarida ish toʻxtatildi, ammo shu paytgacha parkdagi ishlarning aksariyati tugallangan edi. Toza suv shartnomasining shartlariga koʻra, ishlab chiquvchilar ish boshlanishidan oldin suv-botqoq yerlariga hech qanday zarar etkazmasliklari kerak edi. Ferguson qurilish ishlari boshlanishidan oldin unga bunday ruxsatnomalar kerakligi haqida hech kim maʼlum qilmagani[10].

1998-yil 28-mayda Madison okrugi komissarlari Mike Fergusonga park joylashgan botqoq yerlarda qurilishga ruxsat berish uchun ovoz berishdi. Mahalliy aholi loyihani kuchli qoʻllab-quvvatlaganidan keyin ovoz berish bir ovozdan ijobiy yakunlandi. Bu parkning qurilishini yakunlash uchun tuman hukumati rasmiylaridan talab qilinadigan soʻnggi ishlar amalga oshirildi[11].

1998-yil 12-iyunda, Ferguson Idaho yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha rasmiylar bilan kelishib olganidan va ayiqlarni vaqtincha olib kirishga ruxsat berganidan ikki kun oʻtgach, Ayiq dunyosining birinchi ayiqlari keltirildi. Bu harakat Fergusonga qora ayiqlarni tijorat maqsadida mamlakat hududiga olib kirishni taqiqlashdan vaqtincha qochish imkonini berdi[12].

Toʻgʻridan-toʻgʻri avtomagistralga kirishni yopish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Idaho transport departamenti 20-magistraldagi Tornton almashinuvi qurilishini boshladi. Oʻzaro almashish 2017-yil boshida yakunlangach, u 20-magistraldan Yellowstone Bear World-ga toʻgʻridan-toʻgʻri kirishni yopib qoʻydi. Endi tashrif buyuruvchilar bir muncha uzoq aylanma yoʻllar orqali noqulay usulda harakatlanib, parkka yetib kela olar edilar. Courtney Ferguson (Bear World bosh menejeri) soʻzlariga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri avtomagistralning yopilishi biznesning 10 % ga qisqarishiga olib keldi[13].

Keyinchalik toʻgʻri kirish qoʻlini tiklash uchun 20-magistralning gʻarbiy tomonida oldingi yoʻl qayta qurilgan. Yoʻl 2019-yil 30-mayda ochilgan[14].

Diqqatga sazovor joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Drive-Thru[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yellowstone Bear World — Buyuk Yellowstonw hududidagi yagona yovvoyi tabiat qoʻriqxonasi hisoblanadi. Bogʻning diqqatga bu qadar mashhur boʻlishining asosiy sababi, tashrif buyuruvchilar uchun oʻz yashash joylaridanavtomobillari bilan xavfsizl va qulay park maydoniga yetib kelish hamda Shimoliy Amerikaga xos boʻlgan grizli ayiqlar, qora ayiqlar va boshqa yovvoyi tabiatda yashovchi jonzotlarni koʻrish imkoniyatini berganligidadur[15].

Yellowstone Bear World 2003-yilda ayiq bolasini shisha idishda oziqlantirish.

Shisha idishdan oziqlanadigan ayiq bolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har kuni uch marta park bolalar va kattalarga ayiq bolalariga shisha idishdan sut berish va ular bilan oʻynash imkoniyatini beradi. Shisha idishdan sut ichuvchi ayiqlar avval boshdan bunday oziqlanish uslubiga oʻrgatilgan boʻladilar[16].

Yovvoyi tabiatga ekskursiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovvoyi tabiat ekskursiyasi — bu park maydonidagi diqqatga sazovor hududlarni gid hamkorligida koʻrish imkoniyatidir. Hayvonlar qoʻriqchisi katta yuk mashinasida kattalar va bolalarni Rocky togʻi bugʻulari, Amerika bizoni, qora ayiqlar va Grizzli ayiqlari haqidagi qiziqarli faktlarni tashrif buyuruvchilarga aytib, ayiqlarni qay usulda boshiq yoʻl-yoʻriqlarini oʻrgatadi va ayiqlarni oziqlantirish maydoniga olib boradi. Koʻplab mehmonlar yovvoyi tabiatning fotosuratlarini olish uchun ushbu parkka tashrif buyuradilar. Maxsus mehmonlargina Yellowstone Bear World bogʻida kattalar ayiqlarini boqishlari mumkin[17].

Hayvonot bogʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashrif buyuruvchilarga mashinalarini qoldirib, bir akrdan ortiq maydonni egallagan hayvonot bogʻiga tashrif buyurish tavsiya etiladi. Ayiqlar baʼzida bugʻu yoki dala buzoqlari goʻshti bilan boqiladi.[18]

Idaho shtatidagi Yellowstone Bear Worldbogʻidagi attraksionlar 2018-yil

Yellowstone Bear World ham kichik oʻyin parkiga ega. Attraksionlar uch yosh va undan katta yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan, lekin kattalar ham bu atraksionlarda uchishlari mumkin. Hayvonot bogʻi kabi, attraksionlar ham kirish qismiga ega. 36 dyuym balanlikkacha boʻlgan bolalar atraksionlarda kattalar bilan birga uchishlari kerak[19].

Attraksionlar roʻyxati:

  • Bair Affair
  • Baja Buggy
  • Circus Train
  • Huckleberry Bounce
  • Log Roller Coaster
  • Bair Affair
  • Baja Buggy
  • Circus Train
  • Huckleberry Bounce
  • Log Roller Coaster

Gallereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yellowstone Bear world ga qarashli ayiqlar va ularni oziqlantirilishi

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Yellowstone Bear World Wildlife“. Yellowstone Bear World (2010-yil, 15-sentabr). Qaraldi: 17-oktyabr 2018-yil.
  2. „Yellowstone Bear World Experiences“. Yellowstone Bear World (16-mart 2011-yil). Qaraldi: 17-oktabr 2018-yil.
  3. Associated Press. „Evcavation of protected wetlands stopped at proposed Yellowstone Bear World park“. Moscow-Pullman Daily News (5-may 1998-yil). Qaraldi: 21-may 2012-yil.
  4. Cornwall, Warren. „Madison County, Idaho, Approves Wildlife Park Permit“. Knight Ridder/Tribune Business News via HighBeam Research. McClatchy-Tribune Information Services (28-may 1998-yil). 31-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2012-yil.
  5. 5,0 5,1 Associated Press. „Bear World gets some bears“. The Spokesman-Review (12-iyun 1998-yil). Qaraldi: 21-may 2012-yil.
  6. Olsen, Ken. „BEAR WORLD CAPTURES TOURISTS LIVE-ANIMAL AMUSEMENT PARK SPRINGS FROM LOOPHOLE IN STATE LAW.“. The Spokesman-Review via HighBeam Research. McClatchy-Tribune Information Services (2-avgust 1998-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2012-yil.
  7. Associated Press. „Bear World employee suffers bite from bear“. The Spokesman-Review (22-may 1999-yil). Qaraldi: 21-may 2012-yil.
  8. „Bear World boosts county's economy“. Moscow-Pullman Daily News (11-oktabr 1999-yil). Qaraldi: 21-may 2012-yil.
  9. „Yellowstone Bear World“. yellowstonebearworld.com. Qaraldi: 21-may 2012-yil.
  10. „Excavation of Protected Wetlands Stopped at Proposed Yellowstone Bear World Park“. Moscow Pullman Daily News (5-may 1998-yil). Qaraldi: 26-iyun 2014-yil.
  11. Cornwall. „Madison County, Idaho, Approves Wildlife Park Permit“. HighBeam Research. Knight Ridder/Tribune Business News (28-may 1998-yil). 2018-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2014-yil.
  12. „Bear World Gets Some Bears“. Google News. The Spokane Review (12-iyun 1998-yil). Qaraldi: 26-iyun 2014-yil.
  13. Davis. „Business down '10 percent' at Bear World since direct road access closed“. Local News 8. KIFI/KIDK (27-iyun 2017-yil). 18-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.
  14. Colina. „Bear World Road now open“. Local News 8. KIFI/KIDK (31-may 2019-yil). 20-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.
  15. „Yellowstone Bear World“. Yellowstone National Park. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2014-yil.
  16. „Yellowstone Bear World“. Idaho Adventures in Living. 2015-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2014-yil.
  17. „Yellowstone Bear World Wildlife Excursion“. Yellowstone Bear World. Qaraldi: 17-oktabr 2018-yil.
  18. „Yellowstone Bear World“. National Park Central Reservations. Qaraldi: 26-iyun 2014-yil.
  19. „Yellowstone Bear World Amusement Rides“. Yellowstone Bear World. Qaraldi: 18-oktabr 2018-yil.

Andoza:Zoos of Idaho