Yelim oqish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yelim oqish — danakli mevalar, tut, jiyda daraxtlari, oʻrmon daraxtlari va sitrus oʻsimliklarida uchraydigan kasallik belgilaridan biri. Yaxshi parvarish qilmaslik, yerning ortiqcha namiqishi, oziq moddalarning yetishmasligi, shox-shabbalarni notoʻgʻri va bevaqt kesish, hasharot tufayli yoki boshqa sabablar bilan yelim oqadi. Aksariyat hollarda daraxt tanasi va shoxlarida poʻstloq ostidan oqib chiqqan shaffof suyuklik qotib, yelimsimon modda hosil qiladi. Oʻsimlik poʻstlogʻining yelim chiqqan joylarida har xil shish va gʻovaklar paydo boʻlib, oʻsimlik asta-sekin quriydi. Yelimdagi zamburugʻ, bakteriyalar yomgʻir, shamol va hasharotlar orqali boshqa daraxtlarga yuqadi.

Kurash choral ari : daraxt tanasi 2 chelak suvga 1 chelak soʻndirilmagan ohak, 100 g yelim, 200 g temir ku-porosi qoʻshib tayyorlangan ohak suti bilan oqlanadi, jarohatlangan joylari formalin eritmasi (1:100) yoki temir koʻporosi (5% li) bilan dorilanadi. Daraxt tanasidagi yelim qirib olinadi, oʻrni fungitsidlar (1% li mis koʻporosi eritmasi) bilan yuviladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil