Kontent qismiga oʻtish

Yelets

Koordinatalari: 52°37′0″N 38°28′0″E / 52.61667°N 38.46667°E / 52.61667; 38.46667
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yelets
52°37′0″N 38°28′0″E / 52.61667°N 38.46667°E / 52.61667; 38.46667
Mamlakat Rossiya
Oblast Lipetsk viloyati
Yelets xaritada
Yelets xaritada

YeletsRossiya Federatsiyasi Lipetsk viloyatidagi shahar, Sosna daryosi (Donning irmogʻi) sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 93,7 ming kishi (2025-yillar oʻrtalari). Mashinasozlik va metallsozlik (mashinasozlik, traktor gidroagregatlari, tibbiy asbob-uskunalari zavodlari), shakarqand, pivo, koʻn zavodlari, tamaki fabrikasi, pedagogika instituti, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Yelets tur (krujeva) ishlab chiqarish bilan mashhur. Yelets solnomalarda 12-asrdan tilga olingan. 13—15-asrlarda moʻgʻullar tasarrufida boʻlgan. 1395-yil Amir Temur koʻp mingli qoʻshin bilan Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishni va uning jangdan keyin toʻzib ketgan qoʻshinini taʼqib qilib Ye.gacha borgan va u yerda ikki hafta turib qoʻshinlariga dam bergan. Amir Temur lashkarining Moskvaga yaqinlashib borishi rus knyazlarini, ayniqsa, Moskva aholisini nihoyatda vahimaga solgan. Ular Amir Temurga qarshi kurashish u yoqda tursin, hatto mudofaaga oʻtish ham befoyda degan xulosaga kelganlar. Chor atrof oʻrmon va botqoqli yerlarni qurgan sohibqiron amirlar mashvaratidan keyin 26-avgust (8 sent.) da shaharchani tashlab, qoʻshinlarni Samarqandga qaytishga farmon bergan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil