Yelena Yefayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelena Yefayeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yelena Yefayeva
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 158
Sherigi Artyom Patlasov
Sergey Roslyakov
Aleksey Menshikov
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 141,05
Qisqa dastur 48,68
Erkin dastur 95,19

Yelena Sergeyevna Yefayeva (ruscha: Елена Сергеевна Ефаева; 1989-yil 6-iyun, Glazov, ASSR) — rossiyalik figurali uchuvchi, juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Sport faoliyatidagi asosiy muvaffaqiyatlarga Aleksey Menshikov bilan erishgan. Juftlik Rossiya chempionatining bronza medali sovrindorlari, Rossiya kubogining kumush medal sovrindorlari va Yevropa chempionati ishtirokchilari (2007) boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Perm figurali uchish maktabi vakillari Yefayeva va Menshikov 2007-yilning yozida sport juftligi boʻlishni toʻxtatganlar. Buning sababi Yefayeva boʻyining oʻsishi boʻlib, bu holat qiyin elementlarni bajarishda qiyinchiliklarga olib kelgan. Aleksey sport faoliyatini yakunladi va Yelena qoʻshma mashgʻulotlar uchun Moskvadan Permga koʻchib oʻtgan Sergey Roslyakov bilan sport juftligini hosil qildi[1].

Sergey Roslyakov / Yelena Yefayeva juftligi 2006 — 2007-yilda boʻlib oʻtgan Universiada musobaqasida toʻrtinchi oʻrindan joy olgan. 2004 — 2005-yil oraligʻida boʻlib oʻtgan Nebelhorn Trophy turnirida juftlik 4-orindan joy olgan. 2008-yilgi Rossiya chempionatida Yefayeva va Roslyakov oxirgi oʻninchi oʻrinni egalladi. Keyin ular Rossiya kubogi finalida kumush medalni qoʻlga kiritishdi. Bir mavsumdan soʻng, juftlik tarqaldi. 2008—2009-yilgi mavsumda Yelena Artyom Patlasov bilan birga musobaqalarda chiqish qila boshladi. Mamlakat chempionatida ular sakkizinchi oʻrinni olishdi. Mavsum oxirida Yefaeva sport faoliyatini yakunladi.

Yefayeva — Perm davlat gumanitar pedagogika universitetining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha talaba. U Belarus Respublikasida figurali uchish boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan[2].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksey Menshikov bilan
Musobaqa 2003 — 2004 2004 — 2005 2005 — 2006 2006 — 2007
Xalqaro
Yevropa chempionati 6
AQSh Gran-pri 7
Universiada 5
Nebelhorn Trophy 4
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 6
Ruminiya oʻsmirlar Gran-prisi 3
Xitoy oʻsmirlar Gran-prisi 3
Milliy
Rossiya chempionati 6 6 3
Rossiya kubogi finali 4 2
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 5 1
Sergey Roslyakov bilan
Musobaqa 2007 — 2008
Rossiya chempionati 10
Rossiya kubogi finali 2
Artyom Patlasov bilan
Musobaqa 2008 — 2009
Rossiya chempionati 8
Memorial Panin 3



Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]