Glazov
Glazov — Rossiya Federatsiyasining Udmurtiya Respublikasidagi shahar. Temir yoʻl stansiyasi Chepsa daryosi (Vyatkaning irmogʻi) boʻyida. Aholisi 108 ming kishi (1995). Mashinasozlik va metallsozlik rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari, mebel fabrikasi, ped. instituti bor. Glazov 1780 yil vujudga kelgan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |