Yelena Blinovskaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yelena Olegovna Blinovskaya
Tavalludi
ruscha: Останина Елена Олеговна

25-avgust 1981
Fuqaroligi Rossiya va SSSR
Kasbi bloger, teleboshlovchi, tadbirkor
Millati rus
Mukofotlari Missis Rossiya International
Veb-sayti dream.blinovskaya.com

Yelena Olegovna Blinovskaya (Ostanina) (25 avgust 1981-yil, Oparino, Kirov viloyati, Rossiya) — bloger[1], tadbirkor hamda teleboshlovchi[2][3].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yelena Ostanina Oparina posyolkasida dunyoga kelgan. Uning otasi haydovchi, onasi esa buxgalter edi. Aleksandr ismli katta akasi bor. Bolaligida u oilasi bilan Yaroslavlga koʻchib oʻtadi. Otasi u yerda mijozlarning uyiga tashrif buyurgan holda veterinariya xizmatini koʻrsatuvchi biznesini ochadi (keyinchalik u Moskvaga koʻchib oʻtdi).

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

P. G. Demidov nomidagi Yaroslavl davlat universitetini tamomlagan.

Missis Rossiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Blinovskaya „Missis Rossiya“ xalqaro tanlovida gʻolib chiqdi. U bu nomni boshqa ishtirokchi, Rostov viloyatidan kelgan Nune Kobyatskaya bilan baham koʻrdi. Oʻsha paytda Blinovskaya teleboshlovchi, veterinariya klinikasi va savdo belgisi hammuassisi edi.

Uzoq vaqt davomida Blinovskaya eri va bolalari bilan Yaroslavlda yashadi, 2018 yilda ular Moskvaga koʻchib oʻtishdi. Intervyulardan birida u turli institutlarda, shu jumladan Moskva Gestalt institutida psixologiya boʻyicha „oʻn yil davomida“ oʻqigani haqida aytib beradi.

40 yosh[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Blinovskaya 40 yoshini nishonlash tadbiri uchun 120 million rubldan ortiq moblagʻ sarflaydi. Tadbirda Filipp Kirkorov, Svetlana Loboda, Beasts guruhi, reper Jah Khalib, xonanda Nyusha va boshqa taniqli shaxslar ishtirok etishadi. Davrani Ivan Urgant va Kseniya Sobchak olib boradi[4][4][5][6][7][8][9].

Boyligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Forbes Blinovskayaning 2020-yildagi daromadini 330 million rubl, asl daromadini esa 200 million deb baholadi [10][11].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

4 yil davomida „Dream“ reklama agentligida ishlagan. Keyin u „Toʻyni rejalashtiruvchi“ salonini ochdi. Bir muddat otasining kompaniyasida ishlagan. Keyinchalik turli xil psixologiya kurslaridan dars bergan. Olti yil ichida, ushbu kurslarda 150 mingga yaqin kishi taʼlim olgan. 2020-yil yanvar oyida Blinovskaya ishtirok etgan „Orzular marafoni“ filmi namoyish qilindi.

Xibs qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 27-aprel kuni rossiyalik bloger Yelena Smolensk viloyatidagi Minsk shossesidagi „Krasnaya Gorka“ chegara postida, Belarusga o‘tmoqchi bo‘lganida Rossiya kuchishlatar tuzilmalari tomonidan xibsga olingan. Bloger Belorusdan O‘zbekistonga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Buyuk Britaniya tomonidan eʼlon qilingan videoga koʻra, Blinovskaya Maybach rusumli avtomobilida aeroportga ketayotgan edi. U bilan birga shaxsiy haydovchi va qoʻriqchi boʻlgan. Rossiya tergov qo‘mitasi tarqatgan maʼlumotga ko‘ra, u katta miqdordagi pul yuvish hamda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda (budjetga 918 mln rubl soliqni to‘lamagan) gumonlanmoqda[1][12].

Blinovskaya 28-aprel kuni Toshkent shahrida biznes-marafonini o‘tkazishni rejalashtirgandi. Ushbu tadbirga chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yilib, ularning narxi 1 mln so‘mdan 8 mln 600 ming so‘mgacha (90 $ dan 780 $ gacha[12]) sotilgandi[1].

Tergov[tahrir | manbasini tahrirlash]

So‘roq paytida Yelena Blinovskaya aybini to‘liq tan oldi. 28-aprel kuni tergovchilar Presnenskiy tuman sudiga Yelenaga nisbatan ozodlikni cheklash bilan bogʻliq ehtiyot chorasini tanlash toʻgʻrisida iltimosnoma kiritgan[13]. Presnenskiy tuman sudi Moskva Tergov qo‘mitasining iltimosnomasini qanoatlantirib Yelena Blinovskayaga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻlladi. Shundan soʻng Yelena sud binosini tark etdi[14]. Shuningdek, tergovchilar jinoyatga aloqador barcha shaxslarni aniqlashni davom ettirdi[15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Rossiyalik bloger Yelena Blinovskaya chegarada qo‘lga olindi. 28 aprelda Toshkentda uning biznes-marafoni rejalashtirilgandi“ (uz). Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
  2. Ксения Демидкина. „Как россияне подсели на онлайн-марафоны в пандемию и кто зарабатывает на этом миллионы“ (ru). Forbes.ru (23 февраля 2021 г.). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  3. „Блогер Блиновская обманула подписчиков платного контента и отправила их в бан“ (ru). moslenta.ru. 2022-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-fevral.
  4. 4,0 4,1 „Собравшая деньги с подписчиков российская блогерша потратила на юбилей 120 млн рублей“ (ru). secretmag.ru. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  5. Анна Перевощикова. „Известный блогер заплатила звездам по 10 млн рублей за выступление на Алтае“ (ru). alt.kp.ru (2021-yil 8-sentyabr). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  6. Глеб ВАЛЕНТИНОВ. „Бизнес-леди из Красноярcка – нанятым на день рождения Собчак и Урганту: «Пососитесь, я же вам заплатила!»“ (ru). krsk.kp.ru (2021-yil 27-avgust). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  7. YouTube logotipi Миллионы на подписчиках. Как работают звездные марафоны? Документальный фильм МУЗ-ТВ YouTubeda
  8. „Блогер Елена Блиновская потратила состояние на празднование своего 40-летия на Алтае“ (ru-RU). Новости Горного Алтая (26 августа 2021). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  9. YouTube logotipi Елена Блиновская: путь от бухгалтера из Ярославля до дня рождения, которые вели Собчак и Ургант YouTubeda
  10. Юлия Ахмедова. „"Позвонки встают на место": как блогеры исполняют желания за деньги“ (ru). РИА Новости (2021-yil 17-sentyabr). 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-fevral.
  11. СТАРОСТА СОФИЯ. „Российские звезды зарабатывают миллионы на продажах онлайн-курсов“ (ru). Интересные новости OAnews (2022-yil 13-fevral). 2022-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-fevral.
  12. 12,0 12,1 „"У следователей несколько вариантов". Что ждет Елену Блиновскую“ (ru). ria.ru (2023-yil 27-aprel). Qaraldi: 2023-yil 28-aprel.
  13.  Sledkom(rus.) Telegram mesenjerida
  14.  RIANovosti(rus.) Telegram mesenjerida
  15.  Sledkom(rus.) Telegram mesenjerida