Kontent qismiga oʻtish

Yazd miniatyura maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yazd miniatyura maktabi — 15-asrda Yazd shahrida shakllangan miniatyura uslubi. Bu maktab vakillari asarlarida tasvirlar sodda, lekin nafis va tiniq ifodalangan, ranglar koloriti (ayniqsa, kishilarning "Bahrom ovda" (Xusrav Dehlaviyning "Xamsa" asariga ishlangan miniatyura; 1495—96 ylar) kiyimlarida) keskinligi bilan diqqatga sazovor. Uslub jihatidan Sheroz miniatyura maktabtl yaqin. "Sheʼriyat antologiyasi" va 1446—47 yillarda koʻchirilgan Nizomiyning "Xamsa" (Istanbuldagi Toʻpqopu saroyida), 1445-yilda koʻchirilgan Firdavsiyning "Shohnoma" (Rossiya milliy kutubxonasida), Xusrav Dehlaviyning "Xamsa" (Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar institutida) kabi qoʻlyozmalar shu maktab vakillari tomonidan yaratilgan moʻʼjaz rasmlar bilan ziynatlangan.