Yayra Abdullayeva
Yayra Umarovna Abdullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
14-avgust 1930-yil |
Vafoti |
14-may 2019-yil (88 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() |
Yayra Umarovna Abdullayeva (1930.14.8, 2019.14.5) — Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Lizaxonim Petrosovaning qizi. Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1950). Ijodi Gavhar Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida boshlangan (1945). 1950-yildan Hamza teatrida. Hafiza (A. Qahhor, „Shohi soʻzana“), Guli (Uygʻun, I. Sulton, „Alisher Navoiy“), Katerina (A. Ostrovskiy, „Momaqaldiroq“), Gulbahor (Hamza, „Boy ila xizmatchi“), Gulnor (Oybek, „Qutlugʻ qon“), Turgʻunoy (I. Sulton, „Nomaʼlum kishi“), Xemnolini (R. Tagor asari asosida, „Gang daryosining qizi“) kabi obrazlarida turli toifadagi xotin-qizlar hayoti, ularning qismati, jasorati va olijanobligini mujassam-lantirdi. Key (M. Kaoru, „Oʻgʻirlangan umr“) obrazi Abdullayeva ijodining choʻqqisi boʻlib, u yapon ayolining mashaqqatli hayot yoʻlini, taqdirini psixologik teranlik va izchillik bilan ochib berdi. Regana (U. Shekspir, „Qirol Lir“), Mariya Styuart (F. Shiller, „Mariya Styuart“) obrazlari bilan psixologik va fojiaviy rollar 1ustasi sifatida tanildi. Abdullayeva ovoz, imo-ishora, kinoya va boshqalar ifoda vositalaridan ustalik bilan foydalanadi. Nodirabegim (T. Toʻla, „Nodirabegim“) obrazi Abdullayeva ijrosida ulugʻvor, olijanob malika va otashin ijodkor sifatida namoyon boʻldi. Abdullayevaning kinodagi asosiy rollari: Gulbahor („Boy ila xizmatchi“), Dildor („Opa-singil Rahmonovalar“), Raʼno („Stadionda uchrashamiz“), Saodat („Hamza“), Xatira („Vijdon amri bilan“) va boshqalar Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan (1998).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
![]() |
- 14-avgustda tugʻilganlar
- 1930-yilda tugʻilganlar
- Kishilar
- Andijonda tugʻilganlar
- 14-mayda vafot etganlar
- 2019-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Aktyorlar haqidagi chala maqolalar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari