Yaxlitlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yaxlitlash (matematikada) — biron bir ulushli sonni taqribiy yaxlit son bilan almashtirish. Ushbu qoida boʻyicha bajariladi: ulushli sonning oxirgi raqami qiymati 4 dan kichik (a < 4) boʻlsa, u tashlab yuboriladi; agar 5 dan katta (a > 5) boʻlsa, chapdan oʻngga oxirgi raqam bir birlikka orttiriladi (masalan, 217,7 soni 218 qilib olinadi). Sonlarni oʻnlar xonasigacha, yuzlar xonasigacha kami bilan yoki ortigʻi bilan yaxlishlash mumkin. Masalan, a = 21,46 sonini kami bilan oʻnlar xonasi gacha yaxlitlaganda 21 soni, koʻpi bilan yaxlitlaganda 22 soni hosil boʻladi. Sonlarni yaxlitlash xatolik, yaʼni {a — a0) ayirmaga bogʻliq, bunda a — berilgan son, a0 — qisqargan yaxlitlangan son, yaʼni uning taqribiy qiymati.