Kontent qismiga oʻtish

Yatrokimyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yatrokimyo — alkimyoning alohida yoʻnalishi (tibbiyot kimyosi), 16—18-asrlar tibbiyotida paydo boʻldi. Ya.ning asoschisi nemis shifokori va tabiatshunosi T.Paratsels. Ya. namoyandalari organizmda sodir boʻladigan jarayonlar kimyoviy hodisalardan iborat, kasallik esa kimyoviy muvozanatning buzilishidan kelib chiqadi, deb tushuntirganlar va bemorlarni davolashda kimyoviy moddalarni ishlatishni buyurganlar.